O‘quv markazlari va maktablarning qabul bo‘limlari uchun

Har bir qo‘ng‘iroq tahlil qilinadi. Har bir va’da bajariladi.

Suhbo AI qo‘ng‘iroqlarni matnga aylantiradi va rahbarga aniq javob beradi: mijozlar nega ketyapti, qaysi operator nimani yaxshilashi kerak va qo‘ng‘iroqda nima va’da qilingan.

Ilovani ochish
app.suhbo.uz/qongiroqlar/2
Qo‘ng‘iroq sahifasi: suhbat, lahzalar va xulosa
Operator · qo‘ng‘iroqdan

“Chorshanba kuni soat beshgacha o‘zim sizga qo‘ng‘iroq qilib, natijasini aytaman.”

Suhbo AI vazifaga aylantirdi
Sardorga qo‘ng‘iroq qilib, to‘lov natijasini aytish
OchiqMuddat: Chorshanba, 17:00 · Dilnoza

Sahnalashtirilgan qo‘ng‘iroqlar, to‘qima ma’lumot

100%

qo‘ng‘iroqlar tahlil qilinadi, tanlab emas

16

ko‘rsatkich har bir qo‘ng‘iroq bo‘yicha: sabab, natija, e’tirozlar, baho va boshqalar

~30 s

bir qo‘ng‘iroq tahlili, u matnga aylangandan keyin

20 noyabr

yangi nutq modeli chiqadi

Rahbar hamma suhbatni eshitishga ulgurmaydi

01

Yo‘qotilgan mijoz ko‘rinmaydi

Narxni eshitib ketgan mijoz hech qaysi hisobotga tushmaydi.

02

Va’dalar unutiladi

“Ertaga qo‘ng‘iroq qilaman” degan gap hech qayerga yozilmaydi.

03

Shikoyat kech bilinadi

Norozi mijoz haqida rahbar oxirgi bo‘lib eshitadi.

Imkoniyatlar

Rahbarning to‘rt savoliga javob

Yo‘qotishlar

Mijozlarni nega yo‘qotyapmiz?

Har bir yo‘qotilgan mijoz uchun sabab va uni ko‘rsatgan aniq gap. Bosh sahifada sabablar bo‘yicha guruhlangan, har biri qo‘ng‘iroqqa bog‘langan.

  • Narx, vaqt, manzil, raqobatchi
  • Operator keyingi qadam taklif qilmagani
  • Qiziqqan, lekin kelishuvsiz ketgan mijozlar
app.suhbo.uz
Bosh sahifa: qo‘ng‘iroq sabablari va yo‘qotish sabablari

Qo‘ng‘iroq ichida

Suhbatda aynan nima bo‘ldi?

Suhbat chat ko‘rinishida, muhim lahzalar belgilangan: narx so‘raldi, e’tiroz, raqobatchi, shikoyat. Har bir xulosa suhbatdagi gapga bog‘langan, bir bosishda topiladi.

  • E’tirozga javob berildimi yoki yo‘q
  • Skript bahosi dalil gapi bilan
  • Mijoz kayfiyati boshida va oxirida
Qo‘ng‘iroq sahifasi: suhbat, lahzalar va xulosa

Operatorlar

Kim nimani yaxshilashi kerak?

Operatorlar va skript bandlari jadvali: kim salomlashadi-yu, ehtiyojni so‘ramaydi. Har bir operator uchun shu haftadagi bitta asosiy e’tibor nuqtasi.

  • 8 baholash mezoni, skriptingizga moslanadi
  • Mezonlar vazniga qarab baho
  • Natija va yo‘qotishlar operator kesimida
app.suhbo.uz/operatorlar
Operatorlar: baho va skript bandlari jadvali

Va’dalar

Va’da qilingan ish unutilmaydi

Operator qo‘ng‘iroqda nima va’da qilgan bo‘lsa, Suhbo AI uni muddat, mas’ul va suhbatdagi aniq gap bilan vazifaga aylantiradi. Muddati o‘tgani alohida ko‘rinadi.

  • “Chorshanba soat beshgacha” → muddat
  • Operator yoki markaz mas’ul
  • Suhbatdagi gap vazifa yonida
app.suhbo.uz/vazifalar
Vazifalar: qo‘ng‘iroqdagi va’dalar

Sahnalashtirilgan qo‘ng‘iroqlar, to‘qima ma’lumot

Har bir qo‘ng‘iroqda 16 ko‘rsatkich

Model faqat suhbatdagi gaplarga tayanadi: dalil gapi topilmasa, band bajarilmagan hisoblanadi. Baho kod bilan hisoblanadi, model yozmaydi.

Natija

4
  • Qo‘ng‘iroq sababi
  • Natija: yozildi, keldi, o‘ylab ko‘radi, yo‘qotildi
  • Yo‘qotish sababi va uning gapi
  • Yo‘qotilgan imkoniyat

Mijoz

4
  • Lid: issiq, iliq, sovuq
  • Kayfiyat boshida va oxirida
  • Lahzalar: narx, e’tiroz, raqobatchi, shikoyat, qiziqish
  • E’tirozlar va ularga javob

Operator

3
  • Skript bo‘yicha baho, 8 mezon
  • Mijoz ehtiyoji haqidagi savollar
  • Va’dalar → muddatli vazifalar

Suhbat raqamlari

5

ovozli yozuvdan o‘lchanadi

  • Gapirish ulushi
  • Eng uzun monolog
  • Jimlik va uzun pauzalar
  • Javob tezligi
  • Nutq tezligi

20-NOYABR · YANGI NUTQ MODELI

O‘zbekcha qo‘ng‘iroqlar aniqroq matnga aylanadi

Odamlar tekshirgan telefon suhbatlari matnlarida o‘qitilgan.

27-NOYABR · SUHBO AI CRM

Mijozlar, lidlar va qo‘ng‘iroqlar bir joyda

O‘z CRM’imiz: har bir qo‘ng‘iroq va uning tahlili mijoz kartasiga tushadi, va’dalar vazifaga aylanadi.

Qanday ishlaydi

1

Yozuvlarni berasiz

Qo‘ng‘iroq yozuvlarini fayl ko‘rinishida yuklaysiz. Tez orada telefon tizimingizdan avtomatik.

2

Suhbo AI tahlil qiladi

Matn, baho, sabablar, lahzalar va vazifalar. Matndan keyin tahlil taxminan 30 soniya.

3

Siz harakat qilasiz

Eshitish kerak bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar, operatorlar uchun e’tibor nuqtalari va vazifalar panelda tayyor.

Ma’lumotlaringiz

Nutq o‘z serverimizda matnga aylantiriladi

Telefon raqamlari tahlildan oldin yashiriladi

Saqlash shartlari shartnomada kelishiladi

Tez orada:amoCRM integratsiyasiBitrix24 integratsiyasiOnlinePBXTelegram eslatmalar

Bepul demo

Raqamingizni qoldiring: ish vaqtida bir necha soat ichida qo‘ng‘iroq qilamiz va Suhbo AI’ni sizning qo‘ng‘iroqlaringiz misolida ko‘rsatamiz.

Yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri yozing:
Telefon tizimi
Operatorlar soni